Free Udemy Courses and Zero Broken link.
The only website where expired courses are deleted.

Matematika (maktab kursi)

Share :

Publisher : G'ofurjon Ibragimov

Course Language : Uzbek

E'tiboringizga havola qilinayotgan ushbu video-darslar maktab matematikasini o’rgatishga qaratilgan. Undagi darslar asosan o’tilgan mavzularni esga olmoqchi bo’lgan, maktab matematikasini mustaqil o’rganmoqchi bo’lgan o’quvchilarga mo’ljallangan bo’lsada undan maktab o’qituvchilari ham foydalanishlari mumkin.

Matematikani yangi boshlayotgan o’quvchilarga dastlab video-darslarda yechilgan misol va masalalarni qaytadan mustaqil yechib, so’ngra dars oxirida berilgan topshiriqlarni yechishni tavsiya qilamiz.

Biz darslarni shartli ravishda ikki qismga ajratdik:

  • 1-qismda asosiy qoidalar, formulalar, v.k. beriladi. Bu qismda mavzular misollar yordamida tushuntiriladi.
  • 2-qismda esa ayrim mavzular kengaytiriladi, darsliklarda uchramaydigan, lekin tez yechimga olib keluvchi formulalar ham berilishi mumkin.

2-qism faqat 1-qismni o’zlashtirgan o’quvchilarga tavsiya qilinadi. Undan oily o’quv yurtlariga kirish ishtiyoqida bo’lgan o’quvchilar ko’plab misollarning yechimlarini o’rganishlari mumkin. 2-qismning oxirida ham topshiriqlar berilgan bo’lib ular asosan test to’plamlaridan olingan. Video-darslarda yechilgan misollar bu topshiriqlarning nisbatan murakkabrog’i yoki tipik misollarini tashkil etadi.

O’zlarining qimmatli vaqtlarini ayamay ushbu kursga taaluqli fikr va mulohazalarini bildiradigan tinglovchilarga oldindan o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.